AsosiyJinoyat

Bekobodda “Yoshlar-kelajagimiz” dasturi doirasida ajratilgan imtiyozli kredit "Agrobank" mansabdorlari tomonidan talon-toroj qilindi

'Bekobodda “Yoshlar-kelajagimiz” dasturi doirasida ajratilgan imtiyozli kredit "Agrobank" mansabdorlari tomonidan talon-toroj qilindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Bekobod filiali, “P.A.” va “U.X.” MChJ mansabdor shaxslari “Yoshlar-kelajagimiz” dasturi doirasida ajratilgan 301 mln so`m kredit mablag`larini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan filial va jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar