AsosiyJamiyat

Toshkentda sodir bo`lgan YTHda motosikl haydovchisi voqea joyida halok bo`ldi

'Toshkentda sodir bo`lgan YTHda motosikl haydovchisi voqea joyida halok bo`ldi'ning rasmi

2021 yil 14 aprel kuni taxminan soat 08.20 da Ziyolilar ko`chasidagi Uzavtotrans binosi qarshisida ikkita transport vositasi: 33 yoshli Toshkent viloyatilik Nurlan M. boshqaruvidagi “Nexia” va 30 yoshli Arsen A. boshqaruvidagi “RS200S” motosikli to`qnashuvi ro`y berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. 

To`qnashuv oqibatida motosiklchi badan shikastlari sababli voqea joyida hayotdan ko`z yumdi. Marhumning yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etamiz.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, to`qnashuvga engil avtomobil haydovchisi qayta burilish vaqtida harakat ustuvorligiga ega bo`lgan transportni mensimagani sabab bo`lgan.

Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Tergov olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Havo harorati oshayotgani sababli poytaxt yo`llarida ikki g`ildirakli transport vositalarining soni oshmoqda. Katta ob`ektlar oqimi orasida ularni o`z vaqtida payqash qiyinroq. Burilish va qayta burilishlar vaqtida e`tiborli va ehtiyot bo`ling: harakatingiz hech kimga xalaqit bermayotganiga ishonch hosil qiling. Moped, skuter, motosikllar haydovchilari ham yo`llarda ehtiyot bo`lishlarini so`raymiz.

Boshqa yangiliklar