Sharof Rashidov tumanida “A.Q.” xususiy korxonasi rahbari O.J. va boshqalar korxonaga bank muassasasidan ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish uchun ajratilgan 185 mln so`m kredit mablag`larini boshqa maqsadlarda sarflab, o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek O.J. fuqaro N.ga tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`ygach katta daromad olishga va`da berib, evaziga uning 162 mln so`m naqd pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan.
Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.