AsosiyJamiyat

Qaysi viloyatga qanchadan? Xizmatlar sohasi bo`yicha hududlarga ajratiladigan mablag`lar miqdori ma`lum qilindi

'Qaysi viloyatga qanchadan? Xizmatlar sohasi bo`yicha hududlarga ajratiladigan mablag`lar miqdori ma`lum qilindi'ning rasmi

Joriy yilda xizmatlar sohasi uchun banklar tomonidan kamida 18 trillion so`m kreditlar yo`naltiriladi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri Prezident videoselektor yig`ilishidan.

Bundan tashqari, davlat tomonidan tijorat banklari orqali qo`shimcha 300 million dollar, shundan 1 iyulgacha 150 million dollar ajratiladi.

Birinchi bosqichda:

  • Samarqandga – 160 milliard so`m;
  • Toshkent shahri, Andijon, Qashqadaryo va Farg`onaga – 150 milliard so`mdan;
  • Namangan va Surxondaryoga – 125 milliard so`mdan;
  • Buxoro – 90 milliard so`m, Jizzax – 85 milliard so`m;
  • Qoraqalpog`iston va Xorazmga – 75 milliard so`m;
  • Sirdaryoga – 60 milliard so`m;
  • Navoiyga – 55 milliard so`m ajratiladi.

Bu mablag`lar barcha tuman va banklar kesimida taqsimlandi va buni barcha hokimlar olgan. Viloyat, tuman, shahar hokimlari tijorat banklari bilan birga, ajratilgan mablag` yoniga yana shuncha miqdorda resurs topishlari, ya`ni bu ishlarni “ellikka – ellik” tamoyili asosida tashkil etishlari shart va zarur”, - dedi Prezident.

Viloyat, tuman, shahar hokimlari, sektor rahbarlari, mahallaga iqtisodiy kompleksdan biriktirilgan mas`ullar bilan birga, “mahalla – tuman – bank” prinsipi asosida loyihalar ro`yxatini shakllantiradi.

Tuman va shaharlarning mablag`lardan samarali foydalanishiga qarab, 1 sentyabrdan keyingi 150 million dollarni ajratiladi. Byudjetdan va banklar tomonidan qo`shimcha ajratiladigan mablag` jami 500 million dollar yoki 5,5 trillion so`mni tashkil etadi.

Mavzuga doir:

"O`zim birma-bir ko`rib chiqdim". Prezident hokimlarning belgilab olgan marralaridan qoniqmayotganini ma`lum qildi

O`zbekiston tumanlari markazlarida 24 soat ishlovchi savdo va xizmat ko`rsatish ko`chalari ishga tushadi

"Nima Abdurahmonov atrofida kimlar yurganini bilmaydimi?" Prezident Andijon hokimligidagi holatni tanqid qildi

    Boshqa yangiliklar