Avvalroq, Tojik-qirg`iz chegarasida qurolli to`qnashuv ro`y bergani haqida yozgan edik. O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi holat bo`yicha rasmiy bayonot berdi.
"O`zbekiston Respublikasi qirg`iz-tojik davlat chegarasida vaziyatning keskinlashishi, bu ikkala tomonning ham qurbon bo`lishiga olib kelgan vaziyat to`g`risida chuqur xavotir bilan qabul qildi.
Biz tomonlarni to`qnashuvlarni darhol tugatishga, vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha qo`shma choralarni ko`rishga va ziddiyatlarning yanada oshishiga olib kelishi mumkin bo`lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz.
Bugungi kunda barcha masalalar va mavjud muammolar faqat Markaziy Osiyo qardosh xalqlariga xos bo`lgan ko`p asrlik do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va sheriklik munosabatlari ruhidagi muzokaralar va maslahatlashuvlar yo`li bilan hal qilinishi kerak.
O`z navbatida, O`zbekiston Respublikasi yuzaga kelgan vaziyatni tezroq tartibga solish uchun har tomonlama yordam berishga tayyor",–deyiladi O`zbekiston TIV xabarida.