AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ayrim darsliklar chet el nashriyoti darsliklari asosida ishlab chiqiladi

'O`zbekistonda ayrim darsliklar chet el nashriyoti darsliklari asosida ishlab chiqiladi'ning rasmi

Maktab va oliygohlarda o`qitish sifatini oshirish uchun xalqaro andozalarga mos darslik va metodik qo`llanmalarni joriy etish maqsadida yangi o`quv yilidan Gersen universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan 2-sinf uchun rus tili darsligi va o`quv metodikalarini barcha maktablarda joriy etiladi. Shuningdek, ingliz tili bo`yicha Kembridj universiteti nashriyoti darsliklarini 200 ta maktabda aprobasiyadan o`tkazib, keyingi yildan barcha maktablarda tatbiq qilinadi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

Yil yakuniga qadar bu ishlarni nemis, koreys, xitoy va fransuz tillari bo`yicha ham tashkil etish lozim. Shu bilan birga, o`qituvchilarimiz o`z sohasida bo`layotgan o`zgarishlar, yangi adabiyot va qo`llanmalardan muntazam xabardor bo`lib borishlari kerak.Buning uchun, yangi o`quv yilidan boshlab, maktab o`qituvchilariga yangi adabiyot va qo`llanmalarni sotib olish uchun byudjetdan 1 million so`mdan mablag` ajratiladi”, - dedi Prezident

Bu 53 ming o`qituvchiga yiliga jami 53 milliard so`m demakdir.

Shu kabi Maktabgacha ta`lim vazirligi YuNISEF bilan hamkorlikda yil yakuniga qadar 7 yoshgacha bolalarga chet tillarini o`qitish bo`yicha uslubiy qo`llanma ishlab chiqib, bog`chalarda joriy etilishini ta`minlaydi.

Mavzuga doir:

Yana bir yangi agentlik tashkil etiladi

“Bundan buyon xorijiy tillar o`qituvchilarining oylik maoshi, ularning malakasiga qarab belgilanadi” – Prezident

Chet tillari bo`yicha eng yaxshi maktablar uchun Prezident sovrini ta`sis etiladi

    Boshqa yangiliklar