AsosiyJinoyat

Farg`onada to`rt nafar o`smir bir dona telefon apparatini talon-toroj qilishdi

'Farg`onada to`rt nafar o`smir bir dona telefon apparatini talon-toroj qilishdi'ning rasmi

2021 yilning 10 may kuni soat 19:00 larda noma`lum shaxslar  Oltiariq tumani O`zbekiston ko`chasida joylashgan “Yashil xiyobon” bog`ida 19 yoshli B.Ilyosbekka kuch ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, uning “Samsung” rusumli telefon apparatini talonchilik yo`li bilan qo`lga kiritib, hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 19 yoshli R.Muzaffar, R.Asliddin, I.Shukurjon va 17 yoshli M.Xusniddinlar sodir etganliklari aniqlanib, prosessual tartibda ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar