Toshkentda 5-6 may kunlari soat 06:00 dan 13:00 ga qadar Triatlon bo`yicha O`zbekiston chempionati o`tkazilishi munosabati bilan quyidagi yo`llarning bir qismi transport harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
— KXAY — Chingiz Aytmatov ko`chasidan Ko`rgazma ko`chasigacha;
— Ko`rgazma ko`chasi — KXAY ko`chasidan Korxojiota ko`chasigacha;
— Korxojiota ko`chasi — Ko`rgazma ko`chasidan Iftixor ko`chasigacha.
"Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo`llardan foydalanishni so`raymiz",–deyiladi hokimlik axborotida.