1 iyun kuni Marg`ilon shahrida o`tkazilayotgan “Qoradori-2021” tezkor-profilaktik tadbiri davomida, Marg`ilon shaxar IIB JQB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda, Marg`ilon shahar “Ariqbo`yi” mahallasida yashovchi, 1948 y.t., fuqaro S.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, ekin maydonida gullar tagida 25 tup “ko`knor” giyohvandlik o`simligi parvarishlayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Bu haqda IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksning 270-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
2 iyun kuni Marg`ilon shahar DXX, Qo`shtepa tumani IIB TEQKG, JQB hamda HPB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbiri davomida Qo`shtepa tumani “Kichik Beshkapa” mahallasida yashovchi, 1958 y.t. fuqaro B.Z. yashash xonadoni tomorqasidagi kartoshka ko`chatlari orasida jami 87 tup “ko`knor” o`simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.
Bundan tashqari B.Z.ning yashash xonadonidagi tandirxonasida quritilgan holda “ko`knor” o`simligi saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu o`simlik qora sellofan paketga solinib, xolislar ishtirokida elektron tarozida tortilganda, jami 95 gramm ekanligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan B.Za nisbatan Jinoyat kodeksning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






