Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Qo`qon shahar bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro D.A. fuqaro I.ning ishonchiga kirib, unga transport vositasini mast holda boshqarganligi uchun jarima maydonchasida saqlanayotgan avtomashinasini 600 AQSh dollari evaziga YHXBda ishlovchi tanishlari orqali chiqarib berish hamda ish bo`yicha rasmiylashtirilgan bayonnomani yo`q qildirib berishini va`da qilib, 500 AQSh dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






