Avvalroq, Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumanida 15 iyun kuni tadbirkor er so`rab qo`ylarini hokimlik binosi oldiga to`plagani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 18 iyun kuni jinoyat ishlari bo`yichaNamangan viloyatida Yangiqo`rg`on tuman sudining ochiq sud majlisida tuman hokimligi binosi oldiga qo`y hayvonlarini olib kelgan fuqaroga nisbatan sud ishi ko`rib chiqildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra fuqaro O`zbekiston Respublikasi MJtKning 54 moddasi 1 qismi, 104 moddasi 1 qismi, 161 moddasi, 183 moddasi va 194 moddasining 1 qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan.
Unga MJtKning 54 moddasi 1 qismi bilan ya`ni bazaviy hisoblashning 5 baravari miqdoridagi jarima jazosi, MJtKning 104 moddasining 1 qismi va 161 moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdoridagi jarima jazosi, MJtKning 183 moddasi bilan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi, MJtKning 194 moddasining 1 qismi bilan bazaviy hisoblashning 1 baravari miqdoridagi jarima jazosi tayinlandi.






