Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar Ya.N. va M.S.lar 9 nafar fuqaroga bank muassasasida ishlovchi tanishlari orqali imtiyozli kredit olib berish evaziga fuqaro O. orqali jami 1 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.T. fuqaro D.ga o`zini go`yoki tijorat banki filiali xodimi deb tanishtirib, unga bank filialidan 240 mln so`m imtiyozli kredit olib berish evaziga kredit miqdorining 10 foizi ya`ni 24 mln so`m talab qilib, shundan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.