AsosiyShou-biznes

Jahongir Otajonov yana qaytdi. U onasi uchun konsert bermoqchi

'Jahongir Otajonov yana qaytdi. U onasi uchun konsert bermoqchi'ning rasmi

Xonanda Jahongir Otajonov o`zining instagram sahifasida siyosatdan ketib onasi uchun konsert berishini ma`lum qildi.  

"Siyosiy masalada jonli efir tashkil qilmaganimga 15 kun bo`ldi. Har bir efirimda onamning umri 5 yilga kamayib ketyapti. Ota-onamning har kuni yig`lab o`tirishi men uchun qimmatga tushmoqda. Hattoki, Prezident bo`lib qolsam, bularga biror kor-hol bo`lsa, menga tatimaydi. Shuning uchun, men butun jamoatchilikdan uzr so`rayman. Hozircha, siyosatdan chekinib turaman. Qismat bo`lsa, balki siyosiy faoliyatimni davom ettirsam ham har kuni onamning “o`lishini” ko`rib o`tirish meni charchatdi”, deydi u.

Otajonov so`zida davom etar ekan, butun jamiyat va siyosatchilardan yana bir bor uzr so`radi:

“Butun jamoatdan, butun vatandoshlardan, borki siyosatchilardan va borki partiya a`zolaridan uzr so`rayman. Hozircha bu ishni davom ettira olmayman. Chunki, onamni ko`ndirish uchun 6 oy kurashdim. Lekin siyosiy faoliyat oson emas ekan, bularning har kuni siqilishi meni charchatdi. Bu yilgi prezidentlik saylovlarida ham omad tilayman. Nimaiki bo`lsa, xalqimizning foydasi uchun bo`lsin”.

Murojaat yakunida Jahongir Otajonov onasiga yuzlanib, uning sharafiga “Onam uchun” deb nomlangan konsert berishini aytdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar