Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, 2021 yil 10 iyul kuni, Norin tumanida yashovchi, 1996 y.t. fuqaro ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 9 iyul kuni soat 13:00 larda, shu tumanda joylashgan savdo do`koniga bir nafar shaxsi noma`lum ayol kirib, unga turli mahsulotlar olishini aytib, chalg`itib, savdo do`koni kassasida bo`lgan 1.200.000 so`m pullarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan.
Norin tuman IIB boshlig`ining 1-o`rinbosari va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Ulug`nor tumanida yashovchi, 2003 yilda tug`ilgant ayol sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo`yicha Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan 2021 yil 10 iyul kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani ma`lum bo`ldi.






