Namangan vilotyatida o`zaro janjal og`ir tan jarohati bilan yakun topdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, 13 iyul kuni soat 13:30 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan ayol yashash xonadonida birga yashovchi shar`iy turmush o`rtog`i, 1947 yilda tug`ilgan fuqaro bilan o`zaro janjallashib, qo`lida bo`lgan oshpichoq bilan qorin sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati etkazgan.
Natijada, jabrlanuvchi tan jarohati olib, RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






