Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Jizzax shahar bo`limi hamda DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar G.R. va J.S.lar oldindan til biriktirib, ikki nafar fuqaroni vakolatli tanishlari orqali 18 000 AQSh dollari evaziga xorij universitetlaridan biriga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan.
Shundan 5 800 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani ma`lum qilinmoqda.






