O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, soat 01:50da Qarshi shahri “Mustaqillik” MFYdagi ko`p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning deyarli hammasi uyquga ketgan bir vaqtda fuqaro D.S. ham “Lasetti” avtomashinasini o`zi yashaydigan ko`p qavatli uy oldiga qo`yib, ichkariga kirib ketgach, yarim tunda mashinada yong`in sodir bo`ldi. Buni shu atrofda suhbat qilib o`tirgan fuqarolar ko`rib qolishadi va avtomashina egasi bilan birga yong`in o`chiriladi.
Holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlarini o`tkazgan Qarshi shahar IIOFMB, viloyat IIB PPX va JTSB PPX bataloni va Milliy gvardiya xodimlari gumonlanuvchini ushlashib, uning shaxsiga aniqlik kiritishganida, “Otchopar” MFYda yashovchi M.I. ekani ma`lum bo`ladi.
Ayni vaqtda jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani ma`lum qilindi.






