Yashnobod tumani IIO FMB dan kelib tushgan xabarga ko`ra, 2018 yil iyun oyida 41 yoshli Sherzod A. tanishi 34 yoshli Shaxzod D. ning ishonchiga kirib, unga chet davlatdan arzon narxda mato olib kelib berishni va Toshkent shahrida birga biznes qilishni va`da qilib, undan 200.000 AQSh dollar pullarini olib, va`dasida turmay pulni o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.






