1

Yashnobodda sotuvchiga pichoq tirab, pullarini o`margan jinoyatchilar qidiruvga berildi (video)

Jinoyat 24.07.2021, 17:59
Teglar: Yashnobod, pichoq, sotuvchi, Oltintepa
Yashnobodda sotuvchiga pichoq tirab, pullarini o`margan jinoyatchilar qidiruvga berildi (video)

Internet tarmogʻida Oltintepa koʻchasida nomaʼlum shaxslar doʻkonga kirib, sotuvchiga tahdid  qilgani hamda pullarni oʻmargani haqida video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan izoh berdi

23 iyul kuni taxminan soat 13.55 da Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko`ra, shu kuni soat 13.15 da 4 nafar noma`lum shaxslar Oltintepa ko`chasidagi do`konga kirib, 26 yoshli sotuvchi Xumoyun I.ga pichoq bilan tahdid qilib mobil telefon va 4.000.000 so`m pulni olib, voqea joyini tark etishgan.  

Ko`rilgan tezkor choralar natijasida gumonlanuvchilar muqaddam sudlangan 47 yoshli Dmitriy L., 43 yoshli Valentin N., 45 yoshli Aleksey K. va 37 yoshli Dmitriy Sh.lar ekanliklari ma`lum bo`lgan.  

Ayni vaqtda 47 yoshli Dmitriy L. va 43 yoshli Valentin N.lar qo`lga olinganlar, 45 yoshli Aleksey K. va 37 yoshli Dmitriy Sh.larni qo`lga olish choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Kitob tumani markaziy shifoxonasidagi pichoqbozlik bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

20.07.2022, 09:14

Kuni kecha, internet saytlari, telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumani tibbiyot birlashmasida bir guruh fuqarolar o`rtasida janjal yuz berganligi aks etgan videotasvirlar  e`lon qilindi. Mazkur...
Yashnobod tumanida aliment oluvchilarga plastik kartalari tarqatilmoqda

11.04.2021, 12:00

Muhtaram prezidentimizning 2020 yil 24 noyabrdagi PF-6118-sonli farmonida belgilanganidek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari amalga oshirish yuzasidan...
Qashqadaryoda erkak uxlab yotgan xotinini pichoqlab qo'ydi (video)

03.02.2021, 14:05

Kitob tumanining Sevaz qishlog`ida 31 yanvar kuni er uxlab yotgan xotinini pichoqlab o`ldirgani haqida xabar berilgan edi.“Zamon” informasion dasturida mazkur holat bo`yicha maxsus reportaj tayyorlandi.Mazkur...
Yashnobodda IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan firibgarlik bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi

09.11.2020, 11:14

Yashnobod tumani huquqni muhofaza qilish organlariga 45 yoshli Dilmurod D. murojaat qilib, avgust oyida undan bir hafataga jami 11.500.000 so`mlik 18 ta qurilish havozalari va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1