Bu haqda Prezident raisligida o`tayotgan videoselektorda aytildi.
"2 ming nafar bola uchun 4 mingta zamonaviy eshitish vositalari xarid qilinadi. Shuningdek, 615 nafar 5 yoshgacha kar-soqov va eshitishi zaif bolalarga eshitishga ko`maklashuvchi maxsus implantlar o`rnatiladi.
Tug`ma yurak nuqsoni bor 2 ming nafar, bosh miyada o`zgarishlari bor 1 ming nafar hamda harakat a`zolari kasalliklari bo`yicha 1,7 ming nafar bolalarda bepul jarrohlik operasiyalari o`tkaziladi, ularning 1 ming nafari protezlash va boshqa zarur uskunalar bilan ta`minlanadi.
Shuningdek, joriy yilda harakatlanishi cheklangan 1 ming 100 nafar bolalar elektr aravachalar bilan ta`minlanadi. Kelgusi 5 yilda yana 12 ming nafar nogironligi bo`lgan bolalar bu aravachalar bilan ta`minlanadi.
Bundan tashqari, etim bolalar uchun xorijda o`tkaziladigan murakkab jarrohlik amaliyotlari byudjetdan to`liq kompensasiya qilinadi",–dedi davlatimiz rahbari.