Avval xabar berganimizdek, 1 avgust kuni ertalab soat 10:40 da Jizzax viloyati Zomin tumani “Duoba” MFY “O`riklisoy” aholi punkti hududiga yaqin joyda taxminan 80 ga. maydonda quruq o`t va daraxtlar yongan.
Yong`inni o`chirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Chegara qo`shinlari, Davlat o`rmon xo`jaligi qo`mitasi, 14 ta yong`in o`chirish ekipaji va 1 ta yong`in qutqaruv otryadi, 4 ta vertolyot jalb etildi.
Yong`in soat 18:20 batamom o`chirildi. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
"Barcha jarayon Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari tomonidan muvofiqlashtirilib borildi. Tegishli idoralarning kuch vositalarining o`z vaqtidagi xarakatlari natijasida yong`in yaqin atrofdagi aholi punktlariga o`tmadi",–deyiladi vazirlik axborotida.
Yong`in oqibatida jabrlanganlar va halok bo`lganlar yo`q.