Davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 300 nafardan ortiq, shu jumladan vazirlik va idoralarda 45 nafar, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi hamda Vazirlar Mahkamasida 39 nafar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida 207 nafar ayol rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. Bu haqda O`zEOAVMA xabar berdi.
Ayni damda O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi “Media-Xoll”ida “Ayollar media klubi” faollari ishtirokida ochiq muloqot o`tkazilmoqda.
O`zEOAVMA tomonidan Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi hamda O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan mazkur muloqotda mamlakatimizda turli sohalardagi faol xotin-qizlar –deputatlar, vazirlik va idoralar mutasaddilari, tadbirkor va ishbilarmonlar, olimlar va adiblar, jurnalist va blogerlar taklif etildi.