AsosiyJamiyat

O`zbekistonda tadbirkor ayollar soni bir yilda 45 ming nafarga etdi

'O`zbekistonda tadbirkor ayollar soni bir yilda 45 ming nafarga etdi'ning rasmi

Kecha, 10 avgust kuni O`zEOAVMA tomonidan jamiyatda ayollarning o`rni, ularning muammolariga bag`ishlan ochiq muloqot tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Ochiq muloqotda mas`ullar tomonidan quyidagilar ma`lum qilindi:

  • O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi, Senati a`zolarining hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlarining qariyb 25 foizini xotin-qizlar tashkil etadi;
  • tijorat banklari mikrokredit bazasi mijozlarining 30 foizidan ortig`ini xotin-qizlardan iborat;  
  • qishloq xo`jaligining turli sohalarida 1,5 milliondan ortiq xotin-qizlar mehnat qiladi. Tadbirkorlik sub`ektlarining 20 foiziga, shu jumladan fermer xo`jaliklarining 7,3 foiziga ayollar rahbarlik qiladi;
  • bugungi kunda umumiy o`rta ta`lim o`qituvchilarining 70 foizdan ortig`ini ayollar tashkil etmoqda.

Bundan tashqari tijorat banklari mikrokredit bazasi mijozlarining 30 foizidan ortig`ini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Tijorat banklari mablag`lari hisobidan 172 mingdan ortiq xotin-qizlarga 4,9 trillion so`m miqdorida kreditlar ajratildi. Buning natijasida tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`ygan xotin-qizlar soni bir yilda 45 ming nafarga ko`paydi.
O`zini o`zi band qilgan fuqarolarga vaqtincha mehnat guvohnomalarini berish va ularning ish stajini qayd etish tartibi joriy etilgach, norasmiy sektorda band bo`lgan xotin-qizlarning ulushi 27 foizga etdi.

Eslatib o`tamiz, O`zEOAVMA tomonidan ishlab chiqilgan “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” media-dasturida o`nlab loyihalar qatori “Ayollar media klubi”ni tashkil etish va muntazam ravishda faol ayollar ishtirokida turli mavzularda muloqotlar o`tkazish belgilangan.  

Boshqa yangiliklar