AsosiyJinoyat

Andijonda voyaga etmaganlarga noqonuniy diniy ta`lim berib kelganlar jazoga tortildi

'Andijonda voyaga etmaganlarga noqonuniy diniy ta`lim berib kelganlar jazoga tortildi'ning rasmi

"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida"gi qonunning yangi tahririda diniy ta`lim muassasasidan tashqarida diniy ta`lim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilandi. Afsuski, bugungi kunda hech qanday ruxsatnomasiz diniy ta`lim berish holatlari ham uchramoqda. 

Joriy yilning 12 avgust kuni Andijon shahrida o`tkazilgan sayyor sud majlisida Jinoyat ishlari bo`yicha Andijon shahar sudi tomonidan bir qator ishlar muhokama qilindi. Bu haqda Andijon viloyati IIB xabar berdi.

Xususan, shu yilning 24 iyul kuni Andijon shahar, Sadda MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro S.O yashash xonadonida 3 nafar voyaga etmagan bolalarga, Andijon shahar, Obod MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Yu.R esa yashash xonadonida 2020 yilning kuz oylaridan buyon jami 18 nafar voyaga etmaganlarga, shuningdek, joriy yilning 5 avgust kuni Izboskan tumani, Qo`sh-ko`prik MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro K.A ijara asosida foydalanish uchun olgan Andijon shahrida joylashgan «Indenim» savdo majmuasining 5-qavatida jami 21 nafar voyaga etmagan fuqarolarga tegishli ruxsatnomasiz, noqonuniy diniy ta`lim berib kelganligi aniqlangan.

Sayyor sud majlisi yakunida Jinoyat ishlar bo`yicha Andijon shahar sudi tomonidan O.S va R.Yu.larga nisbatan 10 sutka, A.K.ga nisbatan 12 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar