Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yil 1 avgust holatiga ko`ra faoliyat ko`rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo`jaliklarisiz) o`tgan yilning mos davriga (440 522 ta) nisbatan 79 815 taga oshib, o`sish sur`ati 118,1 foizni tashkil etgan.
1 avgust holatiga ko`ra faoliyat ko`rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagicha:
- 2016 yil – 266 535 ta;
- 2017 yil – 285 829 ta;
- 2018 yil – 309 633 ta;
- 2019 yil – 376 807 ta;
- 2020 yil – 440 522 ta;
- 2021 yil – 520 337 ta.