Toshkent shahrining Mustaqillik shoh ko`chasidagi ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan nosozlik tufayli mazkur ko`chaning A. Qodiriy va Oqqo`rg`on ko`chalari oralig`idagi yo`lning bir tomoni 23 avgust soat 06:00 qadar vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, M.Ulug`bek tumani Asaka va Darxon ko`chalaridagi ulgurji va chakana iste`molchilar 23 avgust soat 07-00ga qadar ichimlik suvi tarmog`idan uziladi.
"Haydovchilardan aylanma yo`llardan foydalanishlarini va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so`raymiz",–deyiladi hokimlik axborotida.