Suhbat avvalida davlat rahbari Ozarbayjon yetakchisini Butunjahon urbanizatsiya forumining muvaffaqiyatli tashkil etilgani bilan tabrikladi.
Uchrashuvda avvalgi oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro savdo hajmi yil boshidan buyon 40 foizdan ziyodga oshganini qayd etdi.
Shuningdek, qurilish, tog‘-kon sanoati, energetika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalaridagi kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Loyihalarni jadallashtirish, qo‘shma investitsiyalarni kengaytirish hamda Qo‘shma investitsiya kompaniyasi mablag‘larini faol jalb etish muhimligi qayd etildi.
Yetakchilar transport tashabbuslari va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qildi.
Uchrashuvda bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.






