Avvalroq, nodavlat teleradiokanallar vakillari ishtirokida “Ozod yurt to`lqinlari” XIII media-festivali o`tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Eng ulug`, eng aziz bayramimiz arafasida o`tgan ushbu festivalda O`zEOAVMAga a`zo ellikka yaqin nodavlat teleradio kompaniyalar xodimlari, o`ndan ziyod veb-saytlar va blogerlar “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” dasturidan o`rin olgan 60 ta loyihani yoritish bo`yicha o`zlarining ijodiy ishlarini taqdim qilishdi, kelgusi vaziflarni o`zaro muhokama qilshdi.
Haqiqatan ham festivalda media dastur qabul qilingan aprel oyidan shu kunga qadar 500 ga yaqin telereportaj, 10 dan ziyod hujjatli film, 1450 ta radio axborot, veb-saytlarda 215 ta turli xabarlar, salmoqli o`quvchilar soniga ega bo`lgan blogerlarning telegram kanallarida 185 tadan ziyod informasiyalar berilganligi ta`kidlandi.
Bundan tashqari mamlakatimizning xalqaro miqyosda demokratik nufuzini oshirishda O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasining “Evro news”, “VVS”, “SNN”, “Rossiya-24”, “Amerika ovozi” singari xorijiy yirik media resurslar bilan hamkorligini e`tirof etildi. Ushbu dunyo bo`yicha keng auditoriyaga ega ommaviy axborot vositalari O`zbekistonda bo`layotgan muhim siyosiy va ijtimoiy voqelarni keng yoritishmoqda. Misol uchun yaqinda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o`tkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya materiallari yuqoridagi xorijlik hamkorlar tomonidan jahonning o`nlab tillaridaefirga uzatildi.