Buxoro viloyati Buxoro shahri aholi bandlikka ko`maklashish markazida hududlarni kompleks rivojlantirish bo`yicha sektorlarga biriktirilgan ishga joylashtirish inspektori, Buxoro shahar G`ijduvon ko`chasida yashovchi, 1985-y.t. M.A. ismli shaxs xizmat mavqeyidan foydalanib, firibgarlik jinoyatiga qo`l urgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, ishga joylashtirish inspektori ishsiz fuqaro Sh.D. ismli ayolni, RShTYoIM Buxoro filialiga 1 hissa kichik tibbiyot xodimi vazifasiga ishga joylashtirishni va`da qilib, Buxoro shahar hokimligi binosi oldida 500 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.