1

Yunusobodda kuchli ta`sir etuvchi 325 dona dorilarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

Jinoyat 20.09.2021, 23:03
Yunusobodda kuchli ta`sir etuvchi 325 dona dorilarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, “B” MChJga qarashli dorixona norasmiy sotuvchilari D.X., B.Ya. va K.X.lar xaridorga 42 dona “Regapen” va 6 dona “Tropikamid” dori vositalarini jami 1,4 mln so`mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo`lmagan kuchli ta`sir qiluvchi 209 dona “Zardeks”, 126 dona “Regapen” 42 dona “Selofen”, va 6 dona “Tropikamid” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1