1

Samarqanddan Turkiyaga 22 yoshli qizni sotmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi (video)

Jinoyat 21.09.2021, 09:02
Samarqanddan Turkiyaga 22 yoshli qizni sotmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi (video)

Samarqand viloyati IIB Terrorizm va estremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbir o`tkazildi.  Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, 1992-yilda tug`ilgan, Oqdaryo tumani Loyish shaharchasida yashovchi A.A., Turkiya davlatining Istambul shahrida yashab kelayotgan onasi, 1973-yilda tug`ilgan O.R. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, 1999-yilda tug`ilgan M.ni aldov yo`li bilan, kelgusida fohishalik maqsadda ishlatish uchun Samarqand xalqaro Aeroporti orqali, Turkiya davlatining Istambul shahriga yuborayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur xolat yuzasidan, Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergvo bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1