1

Beshariq tumanida fuqarolarning o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar aniqlandi

Jinoyat 22.09.2021, 10:21
Beshariq tumanida fuqarolarning o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beshariq tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan ayol D.X. fuqarolarni aldab, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ularning qo`shni davlatlardagi o`qishlarini O`zbekiston Respublikasidagi oliy ta`lim muassasalariga ko`chirib berishni va`da qilib, 7 nafar fuqaroning jami 5 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1