1

Namanganda "Odnoklassniki" orqali terrorchilar ta`siriga tushib qolib, ularning materiallarini tarqatgan shaxs ushlandi

Jinoyat 26.09.2021, 15:21
Teglar: Odnoklassniki, terrorchilar
Namanganda "Odnoklassniki" orqali terrorchilar ta`siriga tushib qolib, ularning materiallarini tarqatgan shaxs ushlandi

Namanganda "Odnoklassniki" orqali terrorchilar ta`siriga tushib qolib, ularning materiallarini tarqatgan shaxs ushlandi.

Bu haqda  viloyat IIB xabar qilmoqda.

Ma`lum bo`lishicha, ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi hamda Namangan viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor-texnik tadbirlar olib borilgan.

Mazkur tadbir davomida "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog`idagi foydalanuvchi "Imom al-Buxoriy katibasi" nomli xalqaro terrorchilik guruhi faoliyatini qo`llab-quvvatlovchi g`oyalar qayd etilgan videomateriallarni o`z sahifasiga joylashtirgani aniqlanadi.

Olingan ma`lumotni tekshirish uchun o`tkazilgan tadbirlar davomida "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchisi Namangan viloyatida yashovchi 24 yoshli fuqaro I.A. ekani ayon bo`ladi va u tadbir davomida qo`lga olinadi.

Aniqlangan holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan fuqaro I.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani ma`lum qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1