1

Samarqandda uy olish uchun 6 yoshli o`g`lini sotayotgan ayol ushlandi (video)

Jinoyat 27.09.2021, 14:34
Samarqandda uy olish uchun 6 yoshli o`g`lini sotayotgan ayol ushlandi (video)

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 6 yoshli o`g`lini sotayotgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, ayol 6 yoshli o`g`lini 8–10 yildan beri farzand ko`rmagan oilaga 6 ming AQSh dollarga sotmoqchi bo`ladi. Ayolning aytishicha, uning o`z uyi yo`q, o`gay onasinikida yashydi. Shu sabab uy olish uchun bolasini sotganini aytgan. Ayolning 3 nafar farzandi bo`lgan.

Ish jinoyat ishlari bo`yicha sudda ko`rib chiqilgan. Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi «a» bandi bilan kodeksning 57-moddasini qo`llanib, ayolga nisbatan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1