AsosiyJinoyat

YPX xodimini mashina "kapot"i ustida sudrab ketgan haydovchi qamoqqa olindi

'YPX xodimini mashina "kapot"i ustida sudrab ketgan haydovchi qamoqqa olindi'ning rasmi

Avvalroq Surxondaryoda "Lacetti" haydovchisi mashinasida YPX xodimini "sudrab" ketgani haqida yozgan edik

Unda o`zboshimcha haydovchining to`xtash ishorasiga amal qilmay, avtomashina "kapot"i ustiga YPX xodimini ortgan holatda harakatlangani aytilgan edi. 

Shundan keyin YPX xodimi tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qiladi.

Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma`lum qilishicha, Qumqo`rg`onda YHXB inspektoriga qarshilik ko`rsatib, avtomashinada sudrab ketgan haydovchiga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo`llanilgan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar