AsosiyJinoyat

Buxoroda yashovchi fuqaro xonadonidan 5 tup "kannabis" aniqlandi

'Buxoroda yashovchi fuqaro xonadonidan 5 tup "kannabis" aniqlandi'ning rasmi

Olingan tezkor ma`lumotlar asosida Buxoro tumani IIB xodimlari tomonidan  “Qoradori 2021” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri o`tkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, tumanning “Yangiturmush” mahallasida yashovchi, 1972-y.t. N.I. ning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganida, uning tomorqa erida viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo`limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko`ra, 5 tup “Kannabis” (kanop) o`simliklarini qonunga xilof ravishda ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.I. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar