Ijtimoiy tarmoqlarda “Buloqboshi, Kullada pullik ko`prik paydo bo`libdi...” mazmunidagi xabar tarqaldi.
Unda odamlar vaqtinchalik foydalanayotgan ko`prigi ham buzilib ketgani, bundan foydalangan uddaburonlar 2 ta taxta qo`yib, 1000 so`mdan odamlarni yo`lning u tomonida o`tkazib qo`yayotgani haqida aytiladi.
Buloqboshi tumani hokimligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Unga asosan, haqiqatdan ham joriy yilning iyul oyidagi tabiiy ofat tufayli Aravonsoy ko`prigi avariya xolatiga kelgan va ko`prikdan o`tish to`xtatilgan, xozirda qurilish va ta`mirlash ishlari boshlangan.
2021 yil 10 oktyabr kuni soat 7.00 larda Bozorboshi MFY Chilonzor ko`chasida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan, mukaddam sudlangan, fuqaro X.N.Ismanov o`zini noqonuniy xatti xarakati bilan soyga 2 ta yog`ochdan iborat ko`prik yasab, odamlarni 1000 so`m evaziga o`tkazib qo`yishni yo`lga qo`ygan.
Ushbu fuqaroning noqonuniy xatti-xarakati Buloqboshi tumani sudida ko`rib chiqildi va O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183- va 200 moddalari bilan aybdor deb topilib 7 sutkaga ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi, deyiladi xabarda