AsosiyJamiyat

"Xalqaro media-xoll tashkil etilishi muhim tadbirlarni yoritilishi uchun katta zamin yaratdi" – Akmal Saidov

'"Xalqaro media-xoll tashkil etilishi muhim tadbirlarni yoritilishi uchun katta zamin yaratdi" – Akmal Saidov'ning rasmi

Kecha xabar berganimizdek, “Xalqaro media-xoll” tantanali tarzda ochildi.

Tadbir davomida so`zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri birinchi o`rinbosari Akmal Saidov Xalqaro media-xoll doimiy faoliyat ko`rsatadigan Yangi O`zbekistonning erkin matbuot saroyi bo`lib qolishini ta`kidladi.

Avvalambor, barchangizni mana shunday Yangi O`zbekistonning erkin matbuotlar saroyi yoki koshonasi tashkil qilingani bilan tabriklayman.  Shunday xalqaro media-xollni tashkil qilgan tashkilotchilarga, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasiga  samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman. “Moziyga qaytib, ish tutmoq xayrlidir” degan Abdulla Qodiriyning gapini eslab, oldingi saylovga qiyosladik. 2016 yilgi prezident saylovida xalqaro press klubning debochasi “Intercontinental” mehmonxonasida tashkil etilgan edi. Bu juda katta voqea bo`lgandi. Xalqaro media-xollning tashkil etilishi yangi prezidentlik saylovidagi yangi voqelik bo`ldi deb bilaman.  Uni tashkil etishdan maqsad nima desak, men ikkita narsaga e`tibor qaratgan bo`lar edim. Birinchisi, hozirgi kunda ochiq, erkin va bahs-munozaralar asosida o`tayotgan Prezident saylovi, uning o`tkazilishi, yakunlari to`g`risida, avvalambor mamlakatimiz aholisini tezlik bilan tanishtirishdan, xabardor qilishdan iborat.  Ikkinchisi, nafaqat mamlakatimiz aholisi, dunyo hamjamiyati, diplomatik korpuslar, balki bizni ko`pgina dunyodagi xalqlar, xalqaro tashkilotlar oldida ham saylovni ochiq demokratik tarzda o`tayotganini ko`rsatish mana shu xalqaro media-xollning muhim vazifasi yoki maqsadi deb bilaman. Bu erda shunday katta tadbirlarni yoritish uchun juda katta zamin yaratilibdi. Men xohlardimki, xalqaro media xoll doimiy faoliyat ko`rsatadigan Yangi O`zbekistonning erkin matbuot saroyi bo`lib qolsin.

Boshqa yangiliklar