AsosiyDunyo

AQShda noqonuniy muhojirlar soni ortgani ma`lum qilindi

'AQShda noqonuniy muhojirlar soni ortgani ma`lum qilindi'ning rasmi

2021 yil moliyaviy yilida AQShda noqonuniy muhojirlar soni ortgani ma`lum qilindi. Bu haqda New York Post xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning ortda qolgan vaqti davomida mamlakat chegaralarida 1,7 milliondan ortiq muhojir qo`lga olingan.

Joriy yilning 1 oktyabrida yakunlangan hisobot davriga ko`ra, Meksikadan AQShga kirmoqchi bo`lgan vaqtda hibsga olinganlar soni 1 734 686 kishini tashkil etgan.

Avvalroq AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp noqonuniy muhojirlarni ko`payganiga Jo Baydenni aybdor qilib ko`rsatgandi.

Boshqa yangiliklar