Global Firepower agentligi dunyoning eng kuchli harbiy salohiyatga ega mamlakatlar reytingini tuzib chiqdi. Mazkur reytingdan 140-davlat joy oldi.
Unga ko`ra, O`zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi, dunyo bo`yicha 51-o`rinni egalladi. Tadqiqotchilar reytingni shakllantirish vaqtida qo`shinlar soni, texnik ta`minoti, moliyalashtirish va askarlar harakatchanligiga e`tibor qaratgan.
Harbiy salohiyati dunyo bo`yicha eng yuqori o`rinlarni AQSh (1-o`rin), Rossiya (2-o`rin) va Xitoy (3-o`rin) armiyasi egalladi. Hindiston 4-o`rin, Yaponiya esa 5-o`rindan joy oldi.
Markaziy Osiyoda esa O`zbekistondan keyingi o`rinlarni Qozog`iston (61-o`rin), Turkmaniston (86-o`rin) va Qirg`iziston (93-o`rindan joy oldi. Tojikiston esa 99-o`rin bilan cheklandi.
Reytingning eng quyi pog`onasidan Butan, Kosovo va Liberiya mamlakatlari joy olgan.