24 oktyabr kuni M.X ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning avgust oyida yuz bergan korrupsion holat yuzasidan ma`lumot berdi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Noma`lum shaxs ishonchiga kirib, o`g`lini ishga olib kirib qo`yishini aytib, 100 AQSh dollar pullarini olib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.V sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






