1

Sankt-Peterburgda qidiruvda bo`lgan o`zbek ayoli qo`lga olindi

Jinoyat 31.10.2021, 11:44
Sankt-Peterburgda qidiruvda bo`lgan o`zbek ayoli qo`lga olindi

Sankt-Peterburgda 1 million rublni o`g`irlagani uchun qidiruvda bo`lgan 55 yoshli O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi.

Ayol yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.

 Bu haqda "78.ru" axborot sayti xabar berdi.

Aniqlanishicha, u 2018 yil avgust oyida uyda bo`lgan vaqtida dugonasiga uyni rasmiylashtirib berishni va`da qilib, undan 13,5 ming dollar (900 ming rubl) pulini olgan, biroq va`dasini bajarmay, pullarni o`zlashtirib, sarflab yuborgan. 

Ayol huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hibsga olingan. Qidiruv tashabbuskoriga esa shu vaqtning o`zida dugonasining qo`lga olingani haqida ma`lum qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1