1

DXX “Jihodchilar” tarafdorlarini qo`lga oldi. Ular orasida o`quvchi, tadbirkor, imom ham bor...

Jinoyat 31.10.2021, 14:22
DXX “Jihodchilar” tarafdorlarini qo`lga oldi. Ular orasida o`quvchi, tadbirkor, imom ham bor...

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Dehqonobod tumanida o`tkazilgan tadbirda “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo`yildi. 

Aniqlanishicha, o`zaro yig`inlar vaqtida ular “Jihodchilar” oqimi g`oyalari yo`g`rilgan audio-video ko`rinishdagi materiallarni tinglab, tomosha qilishgan hamda hijrat va jihod qilishga xayrixohlik bildirishgan.

DXX matbuot xizmati bergan xabarga ko`ra, guruhning 12 nafar a`zosi orasida mahalla fuqarolar yig`ini raisi, o`rta maktab o`qituvchisi, masjid imomi, yakka tartibdagi tadbirkor hamda mavsumiy ishchilar bor. 

Guruh a`zolarining yashash manzillari ko`zdan kechirilganda xotirasida diniy mazmundagi audio-video materiallar mavjud bo`lgan uyali aloqa vositalari va fleshkartalar, shuningdek, nashriyoti ko`rsatilmagan kitoblar borligi aniqlanib, ekspertizadan o`tkazish uchun rasmiylashtirib olingan

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1