AsosiyJamiyat

Ichimlik va oqova suvlarining og`riqli muammolari

'Ichimlik va oqova suvlarining og`riqli muammolari'ning rasmi

Bugungi kunda ichimlik va oqova suv tarmoqlariga noqonuniy ulanish sohadagi eng og`riqli muammolardan biri bo`lib turibdi. “O`zsuvta`minot” AJ bunday holatlarning oldini olish uchun tegishli choralar ko`rmoqda.

Xususan, joriy yilning yanvar-avgust oylarida Jamiyat va uning tizim korxonalari tomonidan suv ta`minoti va oqova suv tizimlariga 2798 ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi. 

Mazkur qonunbuzarliklar tufayli davlat va jamiyat manfaatlariga jami 8,4 milliard so`mlik zarar etkazilgan.

Ushbu davr davomida suv ta`minoti tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda suv ta`minoti va kanalizasiya xizmatlari bo`yicha qarzdorlik tufayli tarmoqdan uzilish holatlari yuzasidan sudlarga 6120 nafar iste`molchi tomonidan etkazilgan jami 34 milliard so`mlik zararni unidirish maqsadida fuqarolik va iqtisodiy sudlarga tegishli hujjatlar taqdim etilgan.

Boshqa yangiliklar