30 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda jami 26 million doza koronavirusga qarshi vaksina qo`llanilgan. Umumiy emlanganlar soni 13,5 million nafarni, ya`ni jami vaksina oluvchi qatlamning 63 foizini tashkil etmoqda. To`liq emlanganlar esa 6 million 766 ming 238 nafardan (31,5 foiz) iborat.
Ammo bu ko`rsatkichlarni hududlar kesimida tahlil qiladigan bo`lsak, joylarda emlanish darajasi qoniqarli emasligi yaqqol ko`zga tashlanadi.
Masalan, 31 oktyabr holatiga ko`ra, yurtimizda jami 281 kishida SOVID-19 aniqlangan. Shundan katta qismi Toshkent shahri hissasiga to`g`ri keladi — 84 nafar! Ya`ni, yurtimiz bo`yicha jami holatlarning qariyb uchdan bir qismi poytaxtning o`zida qayd etilgan.
Buning asosiy sababi esa mana bu statistikada aks etgan. Aholini COVID-19ga qarshi emlash bo`yicha ko`rsatkich Toshkent shahrida juda past— bor-yo`g`i 38 foiz.
Qolgan ba`zi hududlarda ham ko`rsatkichlar qoniqarli emas. Jumladan, Qoraqalpog`iston Respublikasida birinchi doza bilan emlanganlar Nukus shahrida 49, Mo`ynoqda 53 foizni tashkil etyapti.
Andijon viloyatning Izboskan hamda Jizzax viloyatining Paxtakor tumanlarida 56 foiz emlanuvchi qatlam vaksinaning birinchi dozasini olgan xolos.
Bunday ko`rsatkichlar Buxoro viloyatining Jondor tumanida 43, Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida 49, Qamashida 50, Namangan shahrida 57, Samarqand shahrida 37, Bulung`ur tumanida 46 foizga teng.
Sirdaryo va Sardoba tumanlarida 53, Toshkent viloyatining Zanigota tumanida 42 va Quyichirchiq tumanida 53, Farg`onaning Buvayda tumanida 50, Qo`qon shahri hamda Farg`ona tumanida 51 foiz odam emlangan. Xorazm viloyatidagi eng past ko`rsatkich esa Yangiariq tumaniga tegishli – 60 foiz.






