30 oktyabr kuni, Qarshi tumani “Uzunnavo” MFYda yashovchi X.F o`g`rilik yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.
U o`z arizasida, 29 oktyabr kuni soat 14:30 larda Qarshi shahar I.Karimov ko`chasi, 4-sonli umumta`lim maktabi ro`parasida joylashgan “Fast-food” nomli ovqatlanish joyiga o`ziga tegishli bo`lgan “Bonvi” nomli velosipedi bilan kelib, velosipedini ushbu ovqatlanish joyi kirish yo`lagida qoldirganligini, birozdan so`ng chiqib qaraganida o`ziga tegishli bo`lgan ushbu velosipedini noma`lum shaxs o`g`irlab ketganligini bildirgan.
Qarshi shahar 4-sonli IIB tezkor xodimlari va viloyat IIB PPXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu o`g`irlik jinoyatini Qarshi shahar “Gulshan” MFYda yashovchi H.Sh sodir etganligini aniqlanib, H.Sh.dan bir dona “Bonvi” nomli velosiped tegishli tartibda xujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan H.Sh.ga nisbatan Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddsai 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






