29 oktyabr kuni azonlab yo`lga chiqqan Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi Y.Sh. boshqaruvida bo`lgan “Lasetti” rusumli avtomashinasida YTHga uchradi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Fuqaro shu kuni soat 06.45 larda Muborak tumani hududidan o`tuvchi “G`uzor-Nukus-Beynau” avtomobil yo`lida “Qarshi-Buxoro” yo`nalishi bo`ylab harakatlanib borib, yo`lning 150-km.ga kelganida boshqaruvni yo`qotdi.
Natijada yo`lning harakat qismini ikkiga ajratib turuvchi beton to`siqqa urilib, YTH sodir etdi va haydovchi voqea joyida vafot etgan.






