Kecha mamlakatimizda koronavirus bilan kunlik kasallanish bo`yicha iyun oyidan buyon eng past ko`rsatkich qayd etildi, pnevmoniyaga chalinish holatlari aniqlanmadi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
2021 yil 2 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 186793 (+272) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
11 nafari Andijon viloyatida,
6 nafari Buxoro viloyatida,
11 nafari Jizzax viloyatida,
3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
2 nafari Navoiy viloyatida,
7 nafari Namangan viloyatida,
30 nafari Samarqand viloyatida,
9 nafari Sirdaryo viloyatida,
22 nafari Farg`ona viloyatida,
8 nafari Xorazm viloyatida,
58 nafari Toshkent viloyatida,
104 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Kecha kun davomida:
Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafar,
Andijon viloyatida 15 nafar,
Buxoro viloyatida 4 nafar,
Jizzax viloyatida 1 nafar,
Namangan viloyatida 15 nafar,
Samarqand viloyatida 31 nafar,
Sirdaryo viloyatida 26 nafar,
Farg`ona viloyatida 29 nafar,
Xorazm viloyatida 20 nafar,
Toshkent viloyatida 93 nafar,
Toshkent shahrida 159 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 182824 (+398) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1329 nafarni tashkil qildi.
Mamlakatimizda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yaxshilanayotgan bo`lsa-da, aholidan hotirjamlikka berilmaslikni, belgilangan karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishlarini va bu orqali o`zlarini hamda boshqa yurtdoshlarimizning salomatligini asrashini so`rab qolamiz.






