Bu haqda «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Toshkentdagi Islom Karimov ko`chasining Sharof Rashidov ko`chasi kesishmasidan Amir Temur shohko`chasi kesishmasigacha bo`lgan qismida yo`l ta`mirlash ishlari olib borilayotgani sababli, 3 noyabrdan 4 noyabr soat 11:00 ga qadar transport harakati uchun yopiladi.
Shu munosabat bilan, 1, 13, 19, 21, 22, 30, 37, 51, 67, 85-sonli avtobus yo`nalishlari suratdagi ko`chalardan harakatini davom ettiradi.






