Toshkentda 63 yoshli ayol nevarasi tengi yigit tomonidan zo`ravonlikka uchragani, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilganini to`g`risida xabar berilgandi. Telegramdagi «Nemolchi.uz» loyihasi mazkur voqeaga oid yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi.
Ta`kidlanishicha, 1 noyabr kuni jabrlanuvchiga tergovchi qo`ng`iroq qilib, ishga imzo qo`yishni so`ragan.
«Ish yopilgan va uni sudga oshirishmoqchi. ‘Bezorilik’ moddasi va ‘engil’ tan jarohatlari bilan», — deb yozadi kanal muallifi.
Ayolning so`zlariga ko`ra, tergovchi uni ish materiallari bilan tanishtirmagan va sud-tibbiy ekspertiza nusxalarini taqdim etmagan.
Toshkent shahar IIBB ish sudda ko`rib chiqishlik uchun Jinoyat kodeksining 277-modda bilan yuborilgan («Bezorilik» moddasi bilan ayblangan fuqaro BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (27 million so`mgacha) jarimaga tortilishi yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlariga yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb etilishi mumkin». «Zo`rlashga urinish faktlari isbotlanmadi», — deya qo`shimcha qilgan boshqarma.
«Nemolchi.uz» jinoyatning «bezorilik» deya tasniflanishini noto`g`ri deb hisoblamoqda. Loyiha Bosh prokuraturaga ushbu ishga e`tibor qaratish bo`yicha murojaat qilgan.






